Ekitikeni yuqori baholashdi
«Liverpul»ning tahlil bo‘limi hujumchi Ugo Ekitikeni yuqori baholagan, biroq ko‘pchilik buni ortiqcha to‘lov deb hisoblaydi.
Jurnalist Lyuis Stilning so‘zlariga ko‘ra, «Liverpul»ning tahliliy jamoasi ma’lumotlarni sinchiklab ko‘rib chiqqandan so‘ng fransiyalik futbolchini Kilian Mbappe va Erling Xoland bilan bir qatorga qo‘ydi.
O‘tgan mavsum statistik ma’lumotlarini tahlil qilib, ular Ekitike eng aniq ko‘rsatkich – urilgan gollardan tashqari barcha ko‘rsatkichlarda ajoyib darajada o‘ynagan degan xulosaga kelishdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/