«Ayntraxt» Ekitikeni jamoa mashg‘ulotlaridan chetlatdi
Frankfurtning «Ayntraxt» klubi hujumchi Ugo Ekitikeni jamoa bilan mashg‘ulotlardan chetlatdi.
Foot Mercato xabariga ko‘ra, «burgutlar» murabbiylar shtabi fransiyalik futbolchini individual mashg‘ulotlarga jo‘natgan.
Gap shundaki, Ekitike dahshatli jismoniy holatda edi. Eslatib o‘tamiz, 21 yoshli forvard mavsumning birinchi yarmida «PSJ» bilan Fransiya chempionatida bor-yo‘g‘i bir-ikki daqiqa o‘ynadi.
Aksariyat hollarda hujumchi parijliklar jamoasi ro‘yxatiga ham kiritilmagan. Eslatib o‘tamiz, Frankfurtning “Ayntraxt” klubi Ekitikeni mavsum oxirida sotib olish huquqi bilan «PSJ»dan ijaraga olgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/