APL grandlari 100 million yevrolik fransuz forvardi uchun kurashadi
«Ayntraxt» hujumchisi Ugo Ekitikeni Angliyaning birdaniga uchta top-klubi transfer qilishni istamoqda.
Nufuzli insayder Kristian Falkning Caught Offside nashriga ma’lum qilishicha, 23 yoshli fransuzga «Liverpul», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» klublari qiziqish bildirmoqda. Nemis klubi o‘z yetakchisini 100 mln yevroga baholamoqda. Hozircha «Manchester Yunayted» o‘zini boshqalardan faolroq ko‘rsatdi – aynan «qizil iblislar,» manba ma’lumotiga ko‘ra, frankfurtliklar bilan allaqachon aloqaga kirishgan, ammo hozircha rasmiy takliflar bo‘lmagan.
«Liverpul»ga kelsak, mersisaydliklar Darvin Nunyesni sotgandan keyingina Ekitike uchun harakat qilishga tayyor, klub uning transferidan katta mablag‘ ishlab olmoqchi. «Chelsi» vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda, futbolchiga boshqa bitimlar barbod bo‘lgan taqdirda muqobil variant sifatida qaramoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/