«Liverpul» Luis Diasdan tushgan pulga qo‘shib Ekitikeni sotib oladi

«Liverpul» Ugo Ekitike bo‘yicha taklif tayyorlamoqda. Ingliz klubi 23 yoshli hujumchi uchun «Ayntraxt»ga 100 million yevro taklif qilmoqchi, deya xabar bermoqda Bild jurnalisti Kristian Falk.

Qayd etilishicha, tez orada «Bavariya» va «Liverpul» o‘rtasida Luis Dias transferi bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Kolumbiyalik futbolchi sotilgan taqdirda «qizillar» tushgan mablag‘ni Ekitike bitimiga yo‘naltirishi mumkin.

Bundesliganing o‘tgan mavsumida fransiyalik futbolchi 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter