Sancho «Roma» bo‘yicha yakuniy qarorni qabul qildi

Jeydon Sancho «Roma»ga o‘tmaydi.

Avvalroq, Rim klubi sport direktori Frederik Massara «Manchester Yunayted» vingeri vakili Emeka Obasi bilan uchrashish uchun Londonga uchib kelgani ma’lum bo‘lgandi. «Jallorossi» muqobil nomzod sifatida «Chelsi»dan 19 yoshli Tayrik Jorjni ko‘rib chiqmoqda, uning manfaatlarini ham Obasi himoya qiladi.

Janluka Di Marsioning ma’lum qilishicha, seshanba kungi uchrashuvda Sancho tomoni rimliklarga uzil-kesil rad javobini bergan. Shu bilan birga, Jorj «Roma»ga o‘tishga rozi – ammo ijara asosida emas.

Italiyaliklar «Chelsi» futbolchisining to‘laqonli transferini rasmiylashtirishga tayyor va u hamda London klubi bilan kelishuvga erishish ustida ishlamoqda. Massara Buyuk Britaniya poytaxtida qoldi va yaqin soatlarda muzokaralarda oldinga siljishga umid qilmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter