Sancho «MYU» mashg‘ulotlariga qaytadimi?

«Manchester Yunayted» vingeri Jeydon Sancho mavsumoldi mashg‘ulotlarini boshlash uchun yaqin kunlarda jamoaning Karringtondagi mashg‘ulot bazasiga yetib borishi kerak. Jurnalist Samuel Lakxyorstning so‘zlariga ko‘ra, angliyalik futbolchi jamoaning boshqa o‘yinchilari bilan mashg‘ulot o‘tkazadimi yoki yo‘q hali aniq emas.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum boshida «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Erik ten Xag Sanchoni jamoa mashg‘ulotlaridan chetlatgan edi. Jeydon yanvargacha individual ishladi, shundan so‘ng Dortmundning «Borussiya» klubiga ijara asosida o‘tdi.

Sancho shu yozda «Manchester Yunayted»ni tark etishi kutilmoqda, ammo ingliz futbolchisiga hali xaridor topilmagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter