Peti «Arsenal»ga maslahat berdi

«Arsenal»ning sobiq futbolchisi Emmanuel Peti London klubiga vinger bilan shartnoma imzolashni maslahat berdi. Gap «Manchester Yunayted»ga tegishli Jeydon Sancho haqida ketmoqda.

“Chempionlar ligasida Jeydon Sancho meni hayratda qoldirdi. U yangi o‘yinchiga o‘xshaydi. U futbol maydonida dinamit va uni to‘xtatish qiyin. Sancho o‘zining eng yaxshi formasiga qaytdi, ammo «Manchester Yunayted»ga qaytish juda uzoqda.

«Arsenal» uni qo‘lga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqishi kerak. Hozir dunyoning eng yaxshi futbolchisini olib, “Manchester Yunayted”ga qo‘ysangiz, ikki oy ichida u o‘rtacha ko‘rinishga ega bo‘ladi», dedi Peti.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter