Sheshko qaysi variantni ma’qul ko‘radi?
“Manchester Yunayted” va “Nyukasl” “RB Leypsig” hujumchisi Benjamin Sheshko uchun kurashni davom ettirmoqda.
Yaqinda turli manbalar 22 yoshli sloveniyalik uchun poygada «zag‘izg‘onlar» g‘alaba qozonganini xabar qilishdi, biroq nemis klubi futbolchining transfer taklifini rad etdi – shundan beri vaziyat yana noaniq deb hisoblanadi.
Sheshko hozirda “Manchester Yunayted”ga o‘tish variantini ma’qul ko‘rmoqda, biroq transferga ruxsat berishdan oldin, forvard «mankunianliklar» “RB Leypsig”ning jiddiy talabini qondira olishiga ishonch hosil qilishi kerak.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/