«Manchester Yunayted» yulduzli forvard uchun kurashda «Nyukasl»ga yutqazdi

«RB Leypyig» hujumchisi Benyamin Sheshko «Nyukasl»ga o‘tishga yaqin turibdi.

«Hakkalar» sloveniyalik futbolchi uchun kurashda «Manchester Yunayted»ni ortda qoldirdi. Jurnalist Sasha Tavolyerining yozishicha, «Nyukasl» futbolchiga yaxshilangan taklif bilan chiqqan – u bunga rozi bo‘lgan. Sloveniyadagi manbalar ham shunga o‘xshash ma’lumotlarni taqdim etadi.

Transfer qiymati taxminan 78 mln funt sterling – qariyb 90 mln yevroni tashkil etadi.

Avvalroq, Benyamin Sheshko «Manchester Yunayted»ga o‘tishga tayyorligi haqida xabarlar tarqalgan edi. So‘nggi kunlarda aynan 22 yoshli forvard mankunianliklarning ustuvor maqsadi sifatida tilga olinayotgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter