Sheshko Xolanddan yaxshiroq bo‘lmoqchi
Germaniyaning «RB Leypsig» klubiga tegishli bo‘lgan sloveniyalik hujumchi Benyamin Sheshko «Manchester Siti»ning norvegiyalik to‘purari Erling Xoland bilan taqqoslanganiga munosabat bildirdi. Matbuotda hujumchining tumanli «Albion»ga o‘tishi haqida mish-mishlar tarqalmoqda.
«Xoland kabi futbolchi bilan taqqoslash meni juda ruhlantiradi. Bosim? Hech narsa yo‘q. Erlingdan o‘zib ketish uchun o‘z ustimda ishlashda davom etaman. Ko‘pchilikning aytishicha, bizning o‘xshashligimiz yuqori tezlikda. Ba’zi jamoadoshlarim hatto undan yaxshiroq ekanligimni aytishmoqda,» – deya sloveniyalikning so‘zlarini keltiradi The Sun nashri.
Avvalroq, Benyamin «Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Nyukasl» qiziqishlari doirasida ekani xabar qilingandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/