«Leypsig» hujumchisiga Saudiyadan ikkita yirik taklif bor

«Leypsig» hujumchisi Benjamin Sheshko Saudiya Arabistonining oliy liga klublaridan ikkita taklif oldi, deb yozmoqda Fabrisio Romano.

Katta moliyaviy sharoitga qaramay, 20 yoshli Sheshko Saudiya Arabistoniga borish niyatida emas. «Leypsig» unga shartnomani uzaytirishni taklif qildi va unga Premyer-liganing bir qancha klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq, Sheshkoga «Milan», «Chelsi» va «PSJ» klublari qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumotlar bor edi.

Joriy mavsumda sloveniyalik futbolchi 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter