«PSJ» Donnarumma bo‘yicha taklif oldi
«PSJ» darvozaboni Janluiji Donnarumma yozdayoq jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
Italiyalik futbolchining xaridiga «Galatasaroy» qiziqish bildirmoqda, bu haqda so‘nggi kunlarda turli manbalar xabar berishga ulgurdi. Turkiya klubi allaqachon darvozabon borasida parijliklarga aniq taklif bilan chiqqan, deb yozadi insayder Ekrem Konur. O‘yinchining o‘zi hali bir qarorga kelgani yo‘q.
Janluiji Donnarummaning «PSJ» bilan shartnomasi bir yildan kamroq vaqt ichida o‘z nihoyasiga yetadi va kelishuvni uzaytirish bo‘yicha muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Vaziyatni Yevropaning yetakchi ligalari grandlari ham kuzatib bormoqda. Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, 26 yoshli kiperning narxi 40 mln yevroni tashkil etadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/