«PSJ» yangi shartnomaga ko‘ra Donnarummaning maoshini kamaytirmoqchi
Fransiyaning «PSJ» klubi jamoa darvozaboni Janluiji Donnarumma bilan shartnomani uzaytirish borasida qiyin muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
Manba bergan xabarga ko‘ra, parijliklar klubi 26 yoshli italiyalik darvozabonga maoshini kamaytirgan holda shartnomani uzaytirishni taklif qilgan. Qayd etilishicha, Donnarummaning amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi, uning daromadi yiliga 12 million yevroni tashkil qiladi. Ta’kidlanishicha, futbolchining o‘zi jamoada qolish niyatida bo‘lsa-da, tomonlar haligacha kelishuvga erishmagan.
Avvalroq «Manchester Siti» va «Bavariya» Donnarumma uchun kurashga qo‘shilgani ma’lum bo‘lgandi. Transfermarkt portaliga ko‘ra, futbolchining taxminiy bahosi 40 million yevroni tashkil qiladi. O‘tgan mavsumda Janluiji barcha turnirlarda 47ta o‘yinda maydonga tushib, 43ta gol o‘tkazib yuborgan. Shuningdek, italiyalik futbolchi 17 ta golsiz o‘yinga ega.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/