Spaletti: «Donnarumma – ideal sardor»

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lucha Spallettining fikricha, darvozabon Janluiji Donnarumma sardorlik roli uchun ideal futbolchi.

«Donnarumma – ideal sardor, unda juda katta tajriba bor. U bolaligidan «Milan»da o‘ynashni boshlagan, shuning uchun u boshqa futbolchilardan oldin to‘liq shakllangan edi. Hozir u xalqaro miqyosda o‘ynayapti. Uning uzun qo‘llari deyarli barcha raqiblarni qo‘rqitadi”, dedi Spalletti 6 sentyabr kuni Fransiyaga qarshi Millatlar ligasi o‘yini oldidan matbuot anjumanida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter