Papen: «Donnarumma ba’zida aql bovar qilmaydigan xatolarga yo‘l qo‘yadi»

Fransiyalik sobiq futbolchi Jan-Pyer Papen «PSJ» va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarummaning o‘yini haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

24 yoshli darvozabon klub va terma jamoada birinchi raqamli maqomini saqlab qolgan, biroq uning o‘yini muxlislar tomonidan tez-tez tanqid qilinadi.

«U Yevropaning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. Ammo men uchun u nega ba’zan bunday aql bovar qilmaydigan xatolarga yo‘l qo‘yishini tushunish qiyin», – dedi 59 yoshli fransuz.

Joriy mavsumda Janluiji Donnarumma «PSJ» safida 10 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter