«Inter» futbolchisi La Liga klubiga o‘tishga yaqin turibdi
«Vilyarreal» Milanning «Inter» klubi o‘ng qanot himoyachisi Tajon Bushananning transferini yakunlamoqda.
Tomonlar 26 yoshli futbolchining transfer shartlari bo‘yicha deyarli kelishib olishgan, deb xabar beradi TSN Sports. Bugun, payshanba kuni klublar o‘rtasida navbatdagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Kanadalik futbolchi mavsumoldi tayyorgarligini «neradzurrilar» tarkibida boshlaydi, ammo jamoada qolishi dargumon.
Tajon Bushanan o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida «Vilyarreal»da o‘tkazdi. Futbolchi «sariq suvosti kemasi» safida 13 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan va ikkita golli uzatmani amalga oshirgan. Vinger sifatida ham o‘ynay oladigan qanot himoyachisining transfermarkt portalidagi narxi 6 mln yevroga baholanmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/