Zakariya ingliz klubiga o‘tishga yaqin turibdi

«Yuventus» himoyachisi Denis Zakariya doimiy ravishda APLga o‘tishga yaqin turibdi. La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, «keksa senyora» ayni damda shveysariyalikni Londonda «Vest Xem»ga 20 million yevroga sotish bo‘yicha kelishuvni yakunlamoqda.

«Bolg‘achilar» lagerida Zakariya avvalroq «Arsenal»ga 100 million yevrodan ko‘proq evaziga o‘tgan Deklan Raysni almashtirishi kerak. Denisning o‘zi o‘tgan mavsumda Londonning boshqa klubi «Chelsi»da o‘ynadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter