Balotelli A seriya klubiga o‘tishga yaqin turibdi

Italiyalik taniqli futbolchi Mario Balotelli Italiya chempionatiga qaytishga yaqin turibdi. «Salernitana» klubi hujumchini transfer qilish ustida ishlamoqda.

Balotellining o‘zi ham A seriyaga qaytishga qarshi emas. U o‘z vaqtida «Milan», «Inter» va «Breshiya» klublarida o‘ynagan.

Balotelli 2023 yilning yozida «Syon»dan Turkiyaning «Adana Demirspor» klubiga qaytgandi. U mavsumni yaxshi boshlagandi: 5 o‘yinda 3 gol. Ammo tizzasini operasiya qildirgani uchun noyabr oyidan buyon maydonga tushmayapti.

Manba: football24.ru

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter