De Xaye «Nyukasl»ga o‘tishga yaqin turibdi
«Manchester Yunayted» va «Atletiko» klublarining sobiq darvozaboni David de Xea Angliya Premyer-ligasiga qaytishga yaqin turibdi.
Todofichajes nashrining xabar berishicha, darvozabonning yangi klubi «Nyukasl» bo‘ladi. Qayd etilishicha, tomonlar hali shartnoma muddatini kelishib olishlari kerak. «Nyukasl» darvozabonni mavsum oxirigacha sotib olmoqchi, De Xea esa 2025 yilning yoziga qadar shartnoma talab qilmoqda.
2022/2023 yilgi mavsumda De Xea «Manchester Yunayted» safida barcha musobaqalarda 58 ta o‘yin o‘tkazdi. Futbolchining «mankunianliklar» bilan shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetgan. Tomonlar kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qilishdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/