Vlaxovich «Yuventus» taklifini rad etdi
«Yuventus» hujumchisi Dushan Vlaxovich «Yuventus»ning taklifiga rad javobini berdi.
Serbiyalikning amaldagi shartnomasi bir yildan so‘ng tugaydi va Turin klubi kelishuvni 2027 yilgacha uzaytirishga tayyor edi, biroq futbolchi kelishuvni rad etdi, deb yozadi La Gazzetta dello Sport. Hujumchi yozda ketish niyatida ham emas. U yon bermaydi va amaldagi shartnoma muddati tugashidan oldin unga tegishli bo‘lgan puldan voz kechmaydi.
Dushan Vlaxovich 2022 yil boshida «Yuventus» tomonidan «Fiorentina»dan 80 million yevrodan ko‘proqqa sotib olingan edi. Transfermarkt portali 25 yoshli futbolchining ayni damdagi narxini 35 mln yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/