Vlaxovich «Yuventus»ning A Seriyadagi maqsadini aytdi

«Yuventus» hujumchisi Dushan Vlaxovich joriy mavsumdan umidlari bilan o‘rtoqlashdi.

Massimiliano Allegri shogirdlari A Seriyaning 4-turi doirasidagi o‘yinda o‘z maydonida “Lasio”ni mag‘lub etdi (3:1). Vlaxovich turinliklar safida dubl qayd etib, 10 va 67-daqiqalarda gol urdi.

«O‘tgan mavsum shaxsan men uchun juda og‘ir kechdi, ammo jamoa muammolarga qaramay, unchalik yomon o‘yin ko‘rsatmadi. Hozir bizda juda motivasiya bor – isbotlashimiz kerak bo‘lgan narsamiz aniq. Adashib qolmaslik uchun qat’iyat va maksimal konsentrasiyani saqlash kerak. Maqsadimiz kuchli to‘rtlikka kirish”, – dedi serbiyalik forvard DAZN nashriga bergan intervyusida.

To‘rt turdan keyin «Yuventus» o‘n ochko bilan A Seriyada ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter