Vlaxovich «Yuventus»dagi eng yorqin xotirasini esladi
«Yuventus» hujumchisi Dushan Vlaxovich «keksa sinyora» futbolkasidagi eng yorqin xotirasi bilan o‘rtoqlashdi. Serbiyalik futbolchi Massimiliano Allegri jamoasida 2022 yilning yanvar oyidan beri o‘ynab kelmoqda.
“Yuventus libosidagi eng yaxshi damim? Debyut o‘yinimni aytgan bo‘lardim, bu o‘yinda jamoam uchun birinchi golni urishga muvaffaq bo‘ldim», – dedi Vlaxovich A Seriya rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Vlaxovichning “Yuventus”dagi debyut uchrashuvi 2022 yilning 6 fevralida bo‘lib o‘tgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/