Vlaxovich «Yuventus» bilan shartnomasini uzaytirmoqchi
Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Dushan Vlaxovich Massimiliano Allegri jamoasi bilan shartnomasini uzaytirmoqchi. Tuttosport nashri xabariga ko‘ra, serbiyalik futbolchi shartnomasini 2027 yoki 2028 yilgacha uzaytirmoqchi.
Qayd etilishicha, Vlaxovichning agenti Darko Ristich bir necha kun avval Turinda ko‘zga tashlangan. Tez orada yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralar boshlanishi kutilmoqda.
Vlaxovich yangi mavsumni ajoyib tarzda boshladi, Italiya A Seriyasining dastlabki 4 turida 4 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.“Lasio”ga qarshi o‘tgan so‘nggi o‘yinda 23 yoshli hujumchi dubl qayd etib, jamoasining 3 ochkoga ega bo‘lishiga yordam berdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/