Rasman: Elanga «Nottingem Forest»dan «Nyukasl»ga o‘tdi
Entoni Elanga «Nottingem»dan «Nyukasl»ga o‘tdi.
23 yoshli yarim himoyachi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolandi. Bitim summasi, avval xabar qilinganidek, 55 mln funtni tashkil etdi.
Entoni Elanga o‘tgan mavsumda APLning 38 ta o‘yinida 6 ta gol urdi va 11 ta golga assistentlik qildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/