«Nyukasl» 3 ta transfer uchun 125 million funt sarflashga tayyor
«Nyukasl» uch futbolchi uchun 125 million funt sarflashga tayyor.
«Qarg‘alar»ga «Brayton» forvardi Joao Pedro, «Nottingem Forest» vingeri Entoni Elanga va «Byornli» darvozaboni Jeyms Trafford kerak. Uchala futbolchi ham Chempionlar ligasida ishtirok etadigan klubga o‘tishga tayyor.
The Telegraph xabariga ko‘ra, «Nyukasl» bu uch futbolchi uchun 125 mln funt sarflashga tayyor.
Klub Jo Pedro uchun 50 millionlik taklif bilan chiqqan va Elanga uchun ham shuncha to‘lashga tayyor. Trafford bo‘yicha taklif 25 mln. Biroq, har uchala klub ham o‘z futbolchilari uchun ko‘proq pul olishni istashadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/