Usik «Uembli»da Joshua – Dyubua jangini tomosha qilmoqchi

Superog‘ir vaznda WBA, WBC, WBO va IBO yo‘nalishlari chempioni Aleksandr Usik Londonga boradigan bo‘ldi.

U 21 sentyabr kuni vaznidagi muhim jangni bevosita arenada tomosha qiladi. Londondagi muhtasham «Uembli» stadionida o‘tadigan britaniyaliklar derbisida sobiq chempion Entoni Joshua hamyurti Daniel Dyubuaga qarshi ringga ko‘tariladi. 

«Aleksandr Usik 21 sentyabr kuni «Uembli»da Entoni Joshua – Daniel Dyubua jangini tomosha qiladi», — dedi taniqli reportyor Maykl Benson. 

Ma’lumot uchun, Entoni Joshua – Daniel Dyubua jangi g‘olibi IBF chempionlik kamarini qo‘lga kiritadi. Ushbu kamarni Usik vakant qoldirgan edi. Joshua professional ringda 28 g‘alaba va 3 mag‘lubiyat, Dyubua esa 21 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter