Rasman. Jonatan Ta «Bavariya» futbolchisiga aylandi
Markaziy himoyachi Jonatan Ta erkin agent sifatida «Bayer» bilan shartnomasi tugaganidan so‘ng «Bavariya» safiga o‘tdi. Bu haqda Myunxen klubi matbuot xizmati xabar berdi.
«Bavariya» va Ta o‘rtasida shartnoma 2029 yil yozigacha imzolandi.
Avvalroq, myunxenliklar 29 yoshli himoyachi bilan shartnoma tuzish vaqtida unga imzolash bonusi to‘lashlariga to‘g‘ri kelishi xabar qilingan edi. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari futbolchiga «Barselona» tomonidan ham katta qiziqish bo‘lganini ma’lum qilgan edi.
Manba: championat.com
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/