«Chelsi» himoyachisi «PSJ»ga qarshi KO‘JCH finali haqida gapirdi

Londonning «Chelsi» klubi markaziy himoyachisi Trevo Chaloba Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finali doirasida «PSJ»ga qarshi o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Har bir o‘yin oldidan qanday tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lsak, xuddi shunday tayyorlanamiz. Hech narsa o‘zgarmaydi, kimga qarshi o‘ynashimizdan qat’i nazar, tayyorgarlik bir xil bo‘ladi. Dunyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynash hayajonli bo‘ladi, va biz bunga tayyormiz», – dedi Chaloba.

Final 13 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter