«Chelsi» futbolchisi baribir jamoani tark etadi

Oldinroq Londonning ikki klubi «Chelsi» markaziy himoyachisi Trevo Chalobani sotib olish niyatida ekani haqida xabar bergan edik.

Angliyalik futbolchiga «Kristal Pelas» va «Tottenxem» qiziqish bildirmoqda, ammo jurnalist Fabrisio Romanoning xabar berishicha, bu klublar Trevoni transfer qilishga hali yaqin emas.

Manbaning aytishicha, hozircha birorta klub Chaloba bo‘yicha aniq muzokaralarni boshlamagan. Shu bilan birga, Romano Trevoning yanvarda «Chelsi»ni albatta tark etishiga ishonch bildirmoqda.

Chaloba joriy mavsumda «Chelsi» tarkibida APLda birorta ham o‘yin o‘tkazmadi. Futbolchi mavsum boshida olgan jarohatidan forig‘ bo‘lishda davom etmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter