“CHelsi” futbolchisi ikki yil deganda o‘zini eslatib qo‘ydi

“Chelsi” va Londonning “Tottenxem” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning 24-daqiqasida “ko‘klar” himoyachisi Trevo Chaloba gol urdi.

Qizig‘i shundaki, bu uning «Chelsi» uchun ikki yildan beri birinchi goli bo‘ldi. Chaloba oxirgi marta 2022-yilda Angliya Premyer-ligasida “Norvich” bilan o‘yinda gol urgan edi.

Chaloba 24 yoshda va Londonning «Chelsi» klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter