Chaloba Londonning boshqa bir klubiga o‘tishi mumkin

«Chelsi»ning 24 yoshli himoyachisi Trevo Chaloba faoliyatini Londonning boshqa klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Teamtalk jurnalistlari xabar bermoqda.

Jurnalistlarning yozishicha, angliyalik futbolchi bilan Premyer-liganing ikki vakili qiziqish bildirmoqda.

Gap «Vest Xem» va «Tottenxem» haqida ketmoqda. Himoyachiga Italiya va Germaniya klublari ham qiziqish bildirmoqda.

Trevo «aristokratlar» akademiyasining bitiruvchisi hisoblanadi. «Chelsi»ning asosiy libosida Chaloba 63 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter