Auar «Lion»ning Liga 1da qolganiga munosabat bildirdi

«Lion» tarbiyalanuvchisi, hozirda Saudiya Arabistonining «Al-Ittihod» klubida o‘ynayotgan Xussem Auar fransuz klubining oliy diviziondagi o‘rnini saqlab qolganiga munosabat bildirdi. Eslatib o‘tamiz, Fransiya futbol klublarini nazorat qilish va boshqarish milliy yo‘nalishi (DNCG) «Lion»ning apellyasiyasini qanoatlantirib, moliyaviy muammolar tufayli jamoani Liga 2ga tushirish qarorini bekor qilgandi.

Fransiya jamoasining sobiq yarim himoyachisi X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida uchta smayl xabarni e’lon qildi: qizil va ko‘k yurak va kaftlar duoga ochib, «Lion» sahifasi belgilandi.

Xussem Auar 2023 yilning yozida erkin agent sifatida “Lion”ni tark etdi va “Roma”ga o‘tdi. Oradan bir yil o‘tib «Al-Ittihod» futbolchining transferi uchun rimliklarga 12 million yevro to‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter