Teylor Svift konserti «Lion»ning Liga 1da jon saqlab qolish uchun kurashiga to‘sqinlik qilishi mumkin

Fransiyaning “Lion” klubi joriy mavsumdagi yomon o‘yinlari tufayli logistik muammoga duch keldi.

13 o‘yindan so‘ng «Lion» atigi 7 ochkoga ega va atigi bitta g‘alaba bilan Liga 1 turnir jadvalida oxirgi o‘rinda bormoqda.

Agar «Lion» mavsum yakunida pley-offda o‘ynash huquqini qo‘lga kiritsa, o‘z muxlislari qarshisida uy uchrashuvini o‘tkaza olmaydi. Muammo shundaki, mashhur qo‘shiqchi Teylor Sviftning konsertlari 2-3 iyun kunlari «Lion»ning uy arenasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu sanalar Liga 2 jamoalariga qarshi ikki o‘yinli pley-offning javob o‘yinlari taqvimiga to‘g‘ri keladi.

Pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun «Lion» 16-o‘rinni egallashi kerak. Hozirda bu o‘rinni «Loryan» 12 ochko bilan band etib turibdi.

Daily Mail nashrining yozishicha, «Lion» rahbariyati ataylab Sviftning konsertlariga rozi bo‘lgan, biroq ularning jamoasi ligada jon saqlab qolish uchun kurash olib borishini tasavvur ham qilmagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter