«Inter» Zommerga o‘rinbosar topib qo‘ydi

Milanning «Inter» klubi transfer bozorida Yann Zommerni almashtirish variantlarini o‘rganmoqda. Shveysariyalik yozda klubni tark etishi mumkin – unga Turkiyaning «Galatasaroy» klubi qiziqish bildirmoqda. Jurnalist Nikolo Skiraning ma’lum qilishicha, 36 yoshli faxriyga o‘rinbosar sifatida «Atalanta» futbolchisi Marko Karnesekki ko‘rsatilgan. «Neradzurrilar» vakillari allaqachon 25 yoshli italiyalik futbolchini so‘rab murojaat qilishgan.

Transfermarkt ekspertlarining baholashicha, Karnesekkining narxi 25 mln yevroni tashkil etadi. Mish-mishlarga ishonadigan bo‘lsak, darvozabonga «Manchester Yunayted» ham qiziqish bildirgan. Futbolchining «Atalanta» bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo‘ljallangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter