«Inter» jamoaning asosiy darvozaboni kim bo‘lishini hal qildi

Milanning “Inter” klubi 2025 yilda, ya’ni Yann Zommerning shartnomasi yakuniga yetganidan so‘ng jamoaning asosiy darvozaboni lavozimiga nomzod topdi.

«Neradzurrilar» «Atletiko Paranayense» 20 million yevro talab qilayotgan braziliyalik darvozabon Bentoni taklif qilmoqchi. Mish-mishlarga ko‘ra, «Inter» keyingi mavsumda Yann Zommerning o‘rniga Bentoni olishni xohlamoqda. Shveysariyalik 2025 yilning yozida jamoani tark etgach, braziliyalik futbolchiga asosiy darvozabon vazifasi ishonib topshiriladi.

Avvalroq, 24 yoshli Bentoga Londonning “Chelsi” klubi ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi, biroq “Inter” baribir darvozabon uchun kurashda favorit sanaladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter