“Inter” darvozaboni safdan chiqdi
“Inter” o‘zining asosiy darvozaboni Yann Zommerni jarohati tufayli yo‘qotdi.
Shveysariyalik futbolchiga o‘ng qo‘lining bosh barmog‘i sinishi tashxisi qo‘yilgan.
«Neradzurrilar» 36 yoshli futbolchining tiklanish davri haqida hech qanday ma’lumot bermagan. Sky nashrining yozishicha, Zommerning tiklanishi uchun taxminan bir oy vaqt kerak bo‘ladi.
Shu bilan birga, “Inter” darvozabonning tezroq safga qaytishiga umid qilmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/