«Liverpul» Alkantaraga o‘rinbosar topib qo‘ydi

Fransiyaning «Nissa» klubini markaziy yarim himoyachisi Kefren Tyuram Angliya Premyer-ligasining top-klubida o‘ynash imkoniyatiga ega.

Todofichajes nashri xabariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchini «Liverpul» o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

«Mersisaydliklar» Kefrenni jamoani tark etadigan ispaniyalik Tyago Alkantaraga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Tyuramning transfer narxi 45 million yevroga baholanmoqda va uning «Nissa» bilan shartnomasi 2025 yilda yakuniga yetadi.

Fransiya chempionatining joriy mavsumida Kefren 11 ta o‘yin o‘tkazib, gol ura olmagan. Uning uchta sariq kartochkasi bor.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter