«Ayaks» o‘z safiga gruziyalik futbolchini qo‘shib olishi mumkin

Fransiyaning «Mes» klubi hujumchisi Jorj Mikautadze faoliyatini «Ayaks» safida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fabrisio Romano xabar tarqatmoqda.

Insayderning so‘zlariga ko‘ra, ikki klub o‘rtasidagi bo‘lajak kelishuv muhokamasi yakuniy bosqichga yetib borgan. Agar hammasi joyida bo‘lsa, ertaga transfer rasman e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, gruziyalik yosh Fransiya 2-ligasining so‘nggi mavsumida yaxshi o‘ynadi. U 23 ta gol urdi, shuningdek, 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter