«Barselona» «Kopengagen»ning 19 yoshli vingerigi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi
Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, «Barselona» «Kopengagen»ning o‘ng qanot himoyachisi Runi Bardagjini qo‘lga kiritish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.
Manbaga ko‘ra, kelishuv yakuniy bosqichda. Yakuniy tafsilotlar yaqin kunlarda kelishib olinishi kerak.
19 yoshli shved iyul oyidan boshlab Kataloniya klubiga o‘tishi mumkin. Joriy mavsumda Bardagji beshta o‘yinda ishtirok etdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/