«Atletiko» qimmatbaho himoyachi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi
Leverkuzenning «Bayer» klubi markaziy himoyachisi Pyero Inkapye Madridning «Atletiko» klubiga o‘tishi mumkin.
Jurnalist Chobo Alvaresning xabarlariga ishonadigan bo‘lsak, 23 yoshli futbolchi «matraschilar» safiga borib qo‘shilishga qaror qilgan. Klublar Transfermarkt portali tomonidan 50 mln yevroga baholangan ekvadorlik futbolchining transferi tafsilotlarini kelishib olishlari qoldi.
Pyero Inkapye «Bayer» safida 2021 yildan buyon to‘p tepib kelmoqda. O‘tgan mavsumda markaziy himoyachi «dorishunoslar» safida barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Futbolchiga avvalroq Ispaniyaning boshqa bir grandi – «Real» qiziqish bildirayotgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/