Runi Garnacho va o‘z golini solishtirdi

Shanba kuni Ueyn Runi Rio Ferdinandning jurnalistlar jamoasiga qo‘shildi va «Manchester Yunayted» – «Everton» uchrashuvida ekspert sifatida harakat qildi.

Efir davomida “qizil iblislar”ning barcha vaqtlardagi eng yaxshi to‘puraridan uning 2011-yilda “Manchester Siti” darvozasiga urgan mashhur goli Alexandro Garnachoning mavsum boshida “Everton” darvozasiga kiritgan golidan yaxshiroqmi, deb so‘rashdi.

Bunga javoban Runi ikkala zarba ham yaxshiligini aytdi:

“Men har doim aytganman, oyoq bilan oddiy gol urishdan ko‘ra tovon bilan gol urish qiyinroq, vaziyat ancha murakkab ko‘rinish oladi.

Shu bois Garnachoning goli yaxshiroq. Gol – bu gol, menimcha, Rio to‘g‘ri aytdi, Garnachoning texnikasi aql bovar qilmas tarzda edi.

Uning goli texnik jihatdan yaxshiroq edi va mening golim esa muhimroq bo‘lgan», – dedi Runi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter