«MYU» 35 yoshli Evans bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi
Himoyachi Jonni Evans «Manchester Yunayted» bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. Bu haqda «Belfast Telegraph» xabar tarqatdi.
35 yoshli futbolchi yig‘in davomida klub bosh murabbiyi Erik ten Xagda yaxshi taassurot qoldirdi.
Evans «Manchester Yunayted» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 1998-2015 yillar oralig‘ida klub sharafini himoya qilgan. U 2018 yildan 2023 yilgacha «Lester» safida to‘p tepgan.
Manba: bombardir.ru
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/