«Yuventus» yarim himoyachisi: «Klub men uchun ko‘p pul sarfladi»

«Yuventus» yarim himoyachisi Tyon Kopmeyners klubdagi ilk mavsumini yaxshi o‘tkazmaganini tan oldi.

2024 yilning avgustida turinliklar niderlandiyalik futbolchini «Atalanta»dan deyarli 60 million yevroga sotib olgandi.

«O‘tgan yili «Yuventus» men uchun ko‘p pul sarfladi va umidlarni oqlashga harakat qilaman. Bilaman, o‘tgan mavsumda unchalik zo‘r o‘ynamadim, shuning uchun nimalarga qodirligimni ko‘rsatishga oshiqyapman. Hozir ham meni pay bilan bog‘liq muammo bezovta qilmoqda,» – deydi 27 yoshli futbolchi La Repubblica nashriga bergan intervyusida.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter