«Yuventus» Kyezaning kelajagi borasida qaror qabul qildi

«Yuventus» kelasi mavsumda Federiko Kyezani rejalariga kiritmayapti.

Insayder Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, turinliklar yangi bosh murabbiyi Tyago Motta o‘z loyihasidagi asosiy o‘yinchilar orasida qanot hujumchisini ko‘rmayapti. «Yuventus» Kyezani shu yozda sotishni rejalashtirmoqda, chunki uning shartnomasi kelasi yili tugaydi.

Xabar qilinishicha, «Yuventus» joriy transfer oynasida Tyon Kopmeyners va vinger sotib olishni rejalashtirmoqda.

2023/24 yilgi mavsumda Kyeza “byankonerilar” safida A Seriyada 33 ta o‘yin o‘tkazib, 9 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter