«Yuventus» yozgi transfer oynasidagi asosiy maqsad sifatida Kopmeynersni belgiladi

«Yuventus» yozda «Atalanta» yarim himoyachisi Tyon Kopmeynersni sotib olmoqchi. Bu haqda jurnalist Janluka Di Marsio xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli futbolchi turinliklar uchun ustuvor maqsad hisoblanadi. “Yuventus” markaziy yarim himoyachi uchun taxminan 40 million yevro to‘lashga tayyor. “Byankoneri” vakillari fevral oyida “Atalanta” bilan muzokaralarni boshlashadi.

Kopmeyners 2021 yildan beri «Atalanta»da o‘ynab kelmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi bergamoliklar safida barcha turnirlarda 26 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter