«Atalanta»ning 3 nafar futbolchisi «Yuventus» e’tiborida
«Yuventus» «Atalanta»ning 3 nafar futbolchisiga qiziqish bildirmoqda.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, turinliklar e’tiboriga vinger Ademola Lukman, hujumchi Mateo Retegi va yarim himoyachi Ederson Lourenso tushgan.
Turinliklar allaqachon Nigeriya terma jamoasining 27 yoshli futbolchisi haqida surishtiruvlar olib borishgan. U uchun ham braziliyalik yarim himoyachi kabi ingliz klublari bilan kurashishga to‘g‘ri keladi.
Qayd etilishicha, har biri uchun o‘tgan yozda Tyon Kopmeyners uchun to‘langan pulni to‘lashga to‘g‘ri keladi: taxminan 60 mln yevrodan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/