Del Pyero Saudiya Arabistonida ish boshlashga yaqin

«Yuventus» va butun Italiya futboli afsonasi Alessandro del Pyero Saudiya Arabistonida ishga joylashishi mumkin.

«Keksa sinyora»ning sobiq sardori yaqin kelajakda «An-Nasr»ning sport direktori bo‘lishi mumkin.

Calciomercato xabariga ko‘ra, del Pyero allaqachon Ar-Riyodga yetib borgan va taklifni tinglashga tayyor.

Eslatib o‘tamiz, Alessandro del Pyero 2015 yilda faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi. 2006 yilda futbolchi Italiya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni bo‘ldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter