«Bayer» «Liverpul»dan tushgan har qanday taklifni rad etadi

«Bayer» qishki transfer oynasida markaziy himoyachi Pyero Inkapyeni qo‘yib yuborishdan butunlay bosh tortdi.

Liverpool Echo nashri xabariga ko‘ra, «dorichilar» «Liverpul»ning ekvadorlik yosh futbolchini transfer qilish bo‘yicha har qanday urinishlariga to‘sqinlik qiladi.

Eslatib o‘tamiz, «mersisaydliklar» qishda o‘z safiga yangi markaziy himoyachini jalb qilmoqchi. Inkapye Yurgen Klopp jamoasi uchun ustuvor variantlardan biri, ammo «Bayer»ning keskin pozisiyasi tufayli transferni tartibga solish juda qiyin bo‘ladi.

Inkapye xizmatlariga avvalroq Angliya Premyer-ligasining boshqa klublari qiziqish bildirishgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter