«Liverpul»ga ekvadorlik himoyachi kerak

Huquqlari Leverkuzenning «Bayer» klubiga tegishli bo‘lgan ekvadorlik himoyachi Pyero Inkapye hamon «Liverpul» qiziqishlari doirasida, deya xabar beradi Todofichajes.

21 yoshli janubiy amerikalik futbolchining transferi qishki transfer oynasida amalga oshishi mumkin.

Potensial tranzaksiya summasi 60 million yevroga baholanmoqda. Inkapyening «farmasevtlar» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning o‘rtalariga qadar amal qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter