«Bavariya»ning yangi a’zosi «Arsenal» futbolchisini o‘ziga namuna deb atadi

Yarim himoyachi Tom Bishof rasman «Bavariya»ga yangi o‘yinchi sifatida tanishtirildi.

Jurnalistlar 19 yoshli germaniyalikdan qaysi xorijlik futbolchini o‘ziga namuna deb bilishini so‘rashdi. Xavbek Londonning «Arsenal» klubi sardori Martin Edegorni e’tirof etdi.

«Menga, masalan, Edegorning o‘yinini kuzatish yoqadi. U ajoyib futbolchi,» – deya Myunxen grandining yangi yulduzi javobini keltiradi Bayern & Germany.

Tom Bishof «Xoffenxaym»dan «Bavariya»ga o‘tdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter